“Kitob javonidagi sehrgarlar” nomli sayohat tashkil qilindi
Joriy yilning 13-aprel sanasida Kitobxonlik haftaligi doirasida rejalashtirilgan “Kitob javonidagi sehrgarlar” nomli sayohat 1-sonli MTT tarbiyachilari hamda tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etildi.
Sayohat davomida bolajonlar kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, boy kitob fondi hamda turli xil qiziqarli bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ishtirokchilarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, kitoblarni asrab-avaylash hamda ulardan samarali foydalanish tartiblari haqida ham tushuntirishlar berildi.
Sayohat doirasida “Ertakchi bolajonlar” nomli davra suhbati ham tashkil etildi. Unda bolajonlar o‘zlari bilgan ertaklarni so‘zlab berdilar hamda ertak qahramonlari haqida qiziqarli suhbatlar olib borildi.
Tadbirda jami 30 nafar ishtirokchi qatnashdi.



