" Kitob eng yaxshi doʼst" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 16-dekabr sanasida Doʼstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonamizga kelgan faol yosh kitobxon oʼquvchilar bilan " Kitob eng yaxshi doʼst" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Ahmad Lutfiy Qozonchining "Bir vijdon uygʼonur" nomli kitobi bolalarga bayon qilindi. Kitobdagi qahramonlarning hayoti, achinarli turmushi va yakunda tarbiyaviy xulosasi kitobxonlarda juda katta qiziqish uygʻotdi.Kitobxonlarda ham ushbu kitobni oʼqishga ishtiyoqi yanada oshdi .Davra suhbatida15 nafar oʼquvchilar qatnashdilar.



