"Kitob bilan ulg‘aygan farzand – kelajak bunyodkori" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Ona va bola birgalikda kitob mutolaa qilishi oiladagi eng goʻzal anʼanalardan biridir. Kitob oila aʼzolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, mehr-oqibatni mustahkamlaydi va bolada kitobga boʻlgan muhabbatni shakllantiradi. Ayniqsa, ona tomonidan oʻqib berilgan ertak va hikoyalar bolaning tasavvurini kengaytiradi, nutqini ravonlashtiradi hamda yaxshilik va ezgulik haqidagi tushunchalarini boyitadi.
Shu bois Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 6-avgust sanasida "Kelajak markazi" ning Kitobxon onalar va bolalar ishtirokida "Kitob bilan ulg‘aygan farzand – kelajak bunyodkori" nomli davra suhbati tashkil qilindi.Bunda kutubxonadagi eng qiziqarli va mazmunli adabiyotlar bilan tanishtirildi, kitob mutolasiga qiziqishlari toʻgʻrisida suhbat oʻtkazildi va oʻzaro fikr almashildi.
Davra suhbati davomida "Tush" hikoyasi soʻzlab berildi.


