“Kitob bilan nurli kelajak sari” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 7-may sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7-sonli umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchilari ishtirokida “Kitob bilan nurli kelajak sari” nomli davra suhbati tashkil etildi.
💎Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilish, ularning badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda mutolaa orqali maʼnaviy dunyoqarashini boyitishdan iborat boʻldi.
📌Davra suhbati davomida oʻquvchilarga Abdulla Qahhorning “Jinlar bazmi” asari haqida batafsil maʼlumot berilib, kitobdagi qiziqarli voqealar va mazmun-mohiyat soʻzlab oʻtildi.
Davra suhbatida 20 nafar oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etdi.


