"Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online videochat orqali viktorina o'tkazildi.
Infolib haftaligi doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda A.Navoiy mahallasining ijtimoiy tarmoqlarida "Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online videochat orqali viktorina o'tkazildi. Viktorina A.Navoiy mahallasining guruhida online tarzda aholi va yoshlar ishtirokida bo'lib o'tdi. Eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan Asalov Mardon online diplom bilan taqdirlandi.

