“Kichik ertakchilar” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 28-aprel sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Manas MFY hududidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida “Kichik ertakchilar” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida oʻquvchilar oʻzlari sevib oʻqigan ertaklarni ifodali tarzda aytib berdilar. Ular ertak qahramonlarini jonlantirib, ularning xatti-harakatlarini obrazli ifoda etishga harakat qildilar. Bu esa tadbirning yanada qiziqarli va mazmunli oʻtishiga xizmat qildi.
Oʻquvchilarning nutqi va ijodiy yondashuvi barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbirda jami 24 nafar jajji oʻquvchi hamda ularning ustozlari ishtirok etdilar.
🌐Mazkur tadbir bolalarda kitobga boʻlgan mehrni oshirish, ularning nutqini rivojlantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etdi.


