"Keling kitob o'qiymiz " nomli sayohat tashkil qildi.
Joriy yilning 24-dekabr sanasida 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-sinf o'quvchilari tomonidan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga "Keling kitob o'qiymiz " nomli sayohat tashkil qildi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Sayohatda 22 nafar o'quvchi ishtirok etdi.



