"Kelib ketma bilib ket" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilining 5-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar bilan "Kelib ketma bilib ket" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi. Ekskursiya davomida kitobxonlar zamonaviy axborot-kutubxonada tashkil qilingan barcha qulayliklar, yangi kelgan adabiyotlar va kompyuter xizmati bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birgalikda kitobxonlar markazning ijtimoiy tarmoqlari haqida ham tushunchalar berib oʻtildi.




