Keksa avlod kitobxonlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 23-aprel sanasida Nuroniylar jamg‘armasi a’zolari hamda keksa avlod kitobxonlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir “Uyg‘onish davrining faol ijodkorlari — jadid adabiyoti namoyondalari” mavzusiga bag‘ishlandi.
💎Shu bilan birga, o‘zbek jadid ma’rifatparvari Elbek (Mashriq Yunusov) qalamiga mansub “Anargul” hikoyalar to‘plami hamda undagi eng sara hikoyalar mazmuni ishtirokchilarga batafsil yoritib berildi.
🔖Tadbir davomida ishtirokchilar jadid adiblari tomonidan ilgari surilgan ilm-ma’rifatga intilish, vatanparvarlik, zamonaviy tafakkur va milliy ongni yuksaltirish kabi dolzarb g‘oyalarning bugungi kundagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.



