“Kashmir qo'shig'i ” asari taqdimoti tashkil etildi.
Joriy yilning 20-noyabr sanasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi ishtirokida o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi, o'lkamiz faxri taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning “Kashmir qo'shig'i ” asari taqdimoti tashkil etildi.
✅Taqdimot avvalida axborot kutubxona markazi Bibliografiya bo'limi raxbar I Raximova Munira yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, shuningdek, “Kashmir qo'shig'i ” lirik qissasining yozilish tarixi mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir davomida ustoz Farida Norxojayeva asarda ilgari surilgan insoniylik, mehr-oqibat, sadoqat, vafodorlik,ozodlik sevgi va muhabbat kabi ezgu qadriyatlar xususida
fikr almashildi.




