"Jannat o'lkamning jannati Jizzaxim"nomli davra suhbati hamda zakovat intelektual o'yini tashkil qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025- yil 7- apreldagi topshirig'iga muvofiq, mamlakatimizda " O'zbekiston- kitobxonlar yurti " shiori ostidagi V RESPUBLIKA " KITOBXONLIK HAFTALIGI " doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida Milliy gvardiya va qo'riqlash xizmati bilan hamkorlikda "Jannat o'lkamning jannati Jizzaxim"nomli davra suhbati hamda zakovat intelektual o'yini tashkil qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Jizzax viloyati tarixi haqida ma'lumotlar taqdim etildi.Jizzaxning mashxur insonlari va ularning vatanimiz ravnaqiga qo'shgan hissalari haqida ham aytib o'tildi. Tadbirda 20 nafar ishtirokchi qatnashdi.