“Jamlanma hisobga olish daftarini yuritish va kitoblarga texnik hamda ilmiy ishlov berish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 21-may kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazining Fondlarni to‘ldirish, saqlash va qayta ishlov berish bo‘limi xodimlari tomonidan “Jamlanma hisobga olish daftarini yuritish va kitoblarga texnik hamda ilmiy ishlov berish” mavzusida seminar tashkil etildi.
✨Seminarda maktab kutubxonachilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida kutubxonachilarga jamlanma hisobga olish daftarini to‘g‘ri yuritish, yangi kelgan adabiyotlarni sohalar bo‘yicha ajratib ro‘yxatga olish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.
💎Shuningdek, davlat standartlari asosida kitoblarga texnik va ilmiy ishlov berish, ularni tizimli ravishda rasmiylashtirish hamda saqlash qoidalari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sohaga oid zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

