"Jahon adabiyotida Kamyu fenomeni" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 18-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumida fransuz yozuvchisi, faylasuf Alber Kamyu hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Jahon adabiyotida Kamyu fenomeni" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda jahon adabiyoti vakillarining hayoti, ijodi hamda asarda ilgari surilgan g'oyalar haqida chuqurroq tushuncha hosil qilish badiiy asarlarni tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo'ldi. Davra subatida talabalarga Alber Kamyuning hayoti , ijodiy faoliyati, uning falsafiy qarashlari hamda adabiyotdagi o'rni haqida batafsil ma'lumot berildi.Shuningdek yozuvchining eng mashhur asarlaridan bo'lmish Begona va Vabo asarlari talabalarga taqdim etilib, ularning mazmuni asosiy g'oyalar va qahramonlar harakterlari tahlil qilindi. Begona asarida insoning jamiyatdan begonalashuvi , shaxsiy ma'suliyat hayot mazmuni haqida fikir bildirildi .Tadbir davomida talabalarning savol-javobi fikr mulohazalari tinglandi.Tadbir yakunida ishtirokchilarga adib asarlarini o'qishga , jahon adabiyoti namunalarini chuqur o'rganishga targ'ib qiluvchi tavsiyalar berildi. Davra suhbatida 20 nafar talabalar ishtirok etishdi.


