«Jadidlar — xalqimizning ma’rifati» nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 21-sentabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida «Jadidlar — xalqimizning ma’rifati» nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida jadidlarning xalqimiz taraqqiyoti va milliy uyg‘onishi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari haqida so‘z yuritildi. Ularning xalqni ilm olishga, zamonaviy bilimlarni egallashga, Vatan va millat kelajagi uchun mas’uliyatli bo‘lishga chorlagani ta’kidlandi.
💬Tadbir davomida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat kabi jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati, maktablar ochish, darsliklar yaratish, matbuot va teatr orqali xalq ongini yuksaltirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, jadidlarning hayoti, ilm-ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi hamda millat taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu g‘oyalari bugungi yosh avlod uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

