"Jadidlar milliy o'zlik istiqlol va davlatchilik g'oyasi asoschilari " nomli tanlov tashkil qilindi.
"Turma – yugur, Tinma – tirish, Bukilma – yuksal" shiori ostida Joriy yilning 23-aprel kuni "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazida 2-umumiy o'rta ta'lim maktabining faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Jadidlar milliy o'zlik istiqlol va davlatchilik g'oyasi asoschilari " nomli tanlov tashkil qilindi.Dastlab AKM xodimlari tomonidan jadidchilik harakati namoyondalari haqida va ularning hayoti, ijodi haqida ma'lumotlar berildi. Shundan soʻng Abdurauf Fitrat, Behbudiy va boshqa jadid namoyondalarining hayoti haqida savol-javoblar tashkil qilindi.Tanlovda kitobxonlar klubi jamoasi faol ishtirok etib g'oliblikni qo'lga kiritishdi.Tadbir bahs munozaraga boy bo'lib 22 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.