Jadid adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida jadid adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan xalqimiz ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan jadid ma’rifatparvarlari — Ismoil G‘aspirali, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqa adiblarning asarlari o‘rin oldi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yoshlar va kitobxonlar qalbida milliy uyg‘onish davri vakillarining boy ilmiy-adabiy merosiga qiziqish uyg‘otish, ularning ma’rifat, taraqqiyot va vatan ravnaqi yo‘lida olib borgan fidokorona faoliyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
