"Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi tashkilotida ham Koʻchma kutubxona tashkil qilindi
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi tomonidan Koʻchma kutubxona doirasida Doʻstlik tuman "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi tashkilotida ham Koʻchma kutubxona tashkil qilindi. Ushbu markazga tashrif buyurgan tuman aholisiga Koʻchma kutubxonadagi kitoblar, kutubxonadan foydalanish qoidalari va AKM da mavjud adabiyotlar haqida ham umumiy tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek turk yozuvchilarining hikoyalar toʻplamidan ,,Umr sinfidagi baxtʼʼ hikoyasi soʻzlab berildi. Ushbu hikoya barchada iliq taassurot qoldirdi va kitoblar haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdilar. Kutubxona hamkorligidan mamnun boʻldilar.