" Inson huquqlari- jamiyat poydevori" nomli siyosiy adabiyotlar ko'rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 10- oktyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do'stlik tuman Yong'in xafsizlik bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda " Inson huquqlari- jamiyat poydevori" nomli siyosiy adabiyotlar ko'rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi. Yong'in xavfsizligi xizmatining har bir xodimi- bu nafaqat jasoratli amaliyotchisi, balki huquqiy ong va madaniyatga ega fuqaro hamdir. Ko'rgazma ularning kasbiy hamda huquqiy bilimlarini yanada boyitish , shaxsiy hamda jamoaviy mas'uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Tadbir davomida Yong'in xavfsizlik bo'limi xodimlariga Komil Sindarovning" Kechikkan qasos" kitobi taqdimoti tashkil etildi va asar to`lqonli yoritildi.Tadbirda 15 nafar xodimlar ishtirok etdi.



