"INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochilish marosimi bo`lib o`tdi
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida "INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochilish marosimi Doʻstlik tuman Mahallalar uyushmasi, Nuroniylar jamg'armasi, 3-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida boʻlib oʻtdi.
Dastlab tadbirni tuman Mahallalar uyushmasi raisi Malika Qudratova ochib berdi va Infolib haftaligi bilan barchani qutlab, kitobxonlik borasida oʻz fikrlarini bayon etdi. Shundan soʻng Yoshlar ishlari agentligi rahbari Roʻziboy Elmurodov ham soʻzga chiqib, bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, kitobxonlik tadbirlari va yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish borasida oʻz fikr mulohazalarini bildirib oʻtdilar. Shuningdek Nuroniylar jamgʻarmasi a'zosi Nurmurodov Toshkenboy ota ham kitobxon yoshlar uchun oʻz ijod na'munalaridan she'riy parchalarni aytib oʻtdi. Tadbir musiqiy chiqishlar, raqslar ijrosi bilan bayramona kayfiyatda davom etdi.





