"Ilmning sehrli olami " nomli sayohat tashkil qildi.
Joriy yilning 25-dekabr kuni Do'stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchilari tomonidan Do'stlik tuman axborot -kutubxona markaziga "Ilmning sehrli olami " nomli sayohat tashkil qildi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Sayohatda 19 nafar o'quvchilar ishtirok etdi.


