"Ilmli qiz - yurt kelajagi " nomli kitobxonlik tadbiri tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 11-oktyabr "Xalqaro qizlar" kuni munosabati bilan faol yosh kitobxon o'quvchi qizlar ishtirokida "Ilmli qiz - yurt kelajagi " nomli kitobxonlik tadbiri tashkil qilindi. Tadbir davomida xodimlar tomonidan yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shayotgan olima, shoira ayollar, ilm ma'rifatda o'zini ko'rsatayotgan qizlar haqida qiziqarli ma'lumotlar keltirib X.Xudoyberdiyeva, M.Yusuf va Zulfiyaxonimlarning qizlarga, ayollarga bag'ishlangan she'rlari o'qib berildi.Shundan so'ng ishtirokchilar bilan turli qiziqarli o'yinlar, kitobxonlik savol-javob viktorina o'yinlari tashkil etildi.G'olib bo'lgan ishtirokchilar axborot kutubxona markazi tomonidan rag'batlantirildi.Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.




