"Ilmli qiz-yurt kelajagi" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 11-oktyabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan "Ilmli qiz-yurt kelajagi" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ushbu koʻrgazmaga faol kitobxon qizlar, oʻquvchilar jalb etilib, ularga mazkur koʻrgazmadagi adabiyotlar haqida sharh berib oʻtildi. Shuningdek oʻqish uchun kitoblar tavsiya etildi. Koʻrgazmadan 25 ta eng sara adabiyotlar joy oldi.



