"Ikki xalqning ardoqli farzandi" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 12- dekabr sanasida qirg'iz adabiyotining eng iste'dodli va jahonga tanitgan yirik namoyondalaridan biri Chingiz Aytmatov tavalludi munosabati bilan "Ikki xalqning ardoqli farzandi" nomli davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbati davomida adibning hayoti va ijodi eng mashhur asarlari yuzasidan bahs munozara savol-javoblar bo'lib o'tdi. Shu bilan birga adibning "Oq kema" asari taqdimoti tashkil qilindi.Davra suhbatida 14-maktabning ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Sobirova Sevinch Oq kema asarining yozilishi jahon miqiyosidagi o'rni va mazmun mohiyati haqida to'liq ma'lumot berib o'tdi.Shundan so'ng ishtirokchilar kutubxona xodimlari tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyishini tomosha qilishdi.Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo'lib barchaga birdek manzur bo'di.



