“Hokim kubogi” doirasida tuman mahallalari bilimdonlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Hokim kubogi” doirasida tuman mahallalari bilimdonlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbirda har bir mahalladan 6 nafardan ishtirokchi qatnashib, jami 12 ta jamoa o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Ikki bosqichda o‘tkazilgan, murosasiz va qizg‘in bahs-munozaralarga boy bellashuv yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
* 1-o‘rin — “Mevazor” MFY jamoasi
* 2-o‘rin — “Navro‘z” MFY jamoasi
* 3-o‘rin — “Chinobot” MFY jamoasi
G‘olib va sovrindorlar munosib tarzda taqdirlanib, 1-o‘rin uchun 1 500 000 so‘m, 2-o‘rin uchun 1 000 000 so‘m hamda 3-o‘rin uchun 500 000 so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.
Ushbu intellektual bellashuv yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda mahallalar o‘rtasida do‘stona raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.




