“Har bir sheʼrda tabassum, har bir satrda hayot” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazida 25-yanvar — bolalar adabiyotining taniqli namoyandasi Anvar Obidjon tavalludi munosabati bilan “Har bir sheʼrda tabassum, har bir satrda hayot” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada yozuvchining “Meshpolvon jangga otlandi”, “Temirdan yasalgan doʻst”, “Mulla baqaloq”, “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”, “Moʻttivoy” kabi mashhur asarlari hamda yana ko‘plab kitoblari joy oldi.
Anvar Obidjon o‘zbek bolalar adabiyotida o‘ziga xos ijodiy uslubi va betakror qahramonlari bilan alohida o‘rin egallagan adibdir. Uning asarlari bolalarning fikrlash doirasini kengaytiradi, ularni kuldirish bilan birga ezgulik, do‘stlik va halollik ruhida tarbiyalaydi.
Mazkur koʻrgazma yosh kitobxonlarda adib ijodiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
