Hamid Olimjonning tavalludiga bag'ishlab tadbir tashkil qilindi.
Joriy yilning 9-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy oʻrta ta'lim maktabining kitobxon o'quvchilari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida iste'dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjonning tavalludiga bag'ishlab tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida oʻquvchilarga Hamid Olimjonning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi. Ijodkorning xalq og'zaki ijodidan "Oygul bilan Baxtiyor" ertagi keng yoritib berildi. Ertakda xalqimizning erkka, ozodlikka bo'lgan intilishi, yovuzlikka qarshi kurashi betakror va sodda ravon tilda yozilganligi aytib berildi. Kitobxon o'quvchilar bilan qiziqarli bahs munozaralar tashkil qilindi, ularning qiziqtirgan savollariga javob berildi. Tadbir qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi. Tadbirda 25 nafar kitobxon o'quvchilari qatnashdilar.



