“G‘afur G‘ulom ijodi — ma’naviyat xazinasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 8-may sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-“A” sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom tavalludi munosabati bilan “G‘afur G‘ulom ijodi — ma’naviyat xazinasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📌Tadbir davomida o‘quvchilarga shoirning hayoti va serqirra ijodi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. . Ayniqsa, adibning mashhur “Shum bola” asari haqida so‘z yuritilib, asardagi voqealar va qahramonlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
💎Mazkur tadbir yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qildi.
Ushbu tadbirda 20 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.


