Fyodor Dostoyevskiy tavalludining 204 yilligi munosabati bilan kutubxonamizning faol kitobxonlari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 17-noyabr sanasida "Kitobsevar millat" shiori ostida Fyodor Dostoyevskiy tavalludining 204 yilligi munosabati bilan kutubxonamizning faol kitobxonlari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Dastlab oʻquvchilarga F.Dostoyevskiyning hayoti, ijod yoʻli va u yaratgan asarlari haqida maʼlumotlar berildi.Davra suhbatida Fyodor Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" kitobidan ham qisqacha sharh berilib, kutubxonamizdagi mavjud asarlari haqida ham qisqacha maʼlumot berib oʻtildi. Shuningdek adibning qiyinchilik va ogʻir damlarida yaratilgan hayotiy voqealar asosidagi asarlari har bir xalq uchun bebaho asar ekanligi va bugungi kungacha kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallab kelayotganligi toʻgʻrisida aytib oʻtildi.Davra suhbatida 8 nafar oʻquvchilar ishtirok etdilar.



