Faol kitobxonlaridan biri o‘zining qadrli kitoblarini kutubxona fondiga hadya qildi.
“Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” loyihasi doirasida kutubxonamizning pensiya yoshidagi faol kitobxonlaridan biri o‘zining qadrli kitoblarini kutubxona fondiga hadya qildi.
🌿 Yillar davomida asrab-avaylangan, mazmun-mohiyati bilan kitobxonlar uchun qadrli bo‘lgan ushbu kitoblar endilikda boshqa kitobxonlarga ham ma’naviy ozuqa, bilim va zavq ulashadi.
🤝 Kitob hadya qilish — ilmga, ma’rifatga va kelajak avlodga qo‘shilgan munosib hissadir. Bunday ezgu tashabbus kutubxona fondini boyitish bilan birga, kitobga bo‘lgan mehr va e’tiborni yanada oshiradi.
💐 Kitob sovg‘a qilgan faol kitobxonimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz! Sizning ezgu tashabbusingiz boshqalarga ham o‘rnak bo‘lsin!
📚 Kitob ulashing — bilim va ma’rifat ulashing!
“Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” — ezgulik sari yana bir qadam!

