Faol kitobxonlar hamda Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 5-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun bir-biridan qiziqarli kvest o‘yinlari tashkil etildi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tashrif buyurgan barcha o‘quvchilarga “Omadli kitobxon” loyihasi uchun jetonlar tarqatilib, loyiha doirasida qiziqarli tanlov o‘tkazildi.
Bundan tashqari, topqir o‘quvchilar o‘rtasida turli topishmoq va mantiqiy savollar tashkil etilib, tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlandi. Ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tdi. Unda 50 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.


