"Ertaklar- yaxshilikka yetaklar"mavzusida maktabning jajji kitobxon o'quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 5-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va 18-umumiy oʻrta ta'lim maktabi bilan hamkorligida "Ertaklar- yaxshilikka yetaklar"mavzusida maktabning jajji kitobxon o'quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbatida bolajonlarga markaz xodimi tomonidan "Kenja oʻgʻil va jin " ertagi so'zlab berildi. Ertaklar haqida qiziqarli bahs munozaralar o'tkazildi. Shuningdek yangi zamonaviy axborot-kutubxona markazi faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va adabiyotlar haqida oʻquvchilarga ma'lumotlar berib, yaqindan tanishtirildi. Davra suhbatida 26 nafar jajji o'quvchilar ishtirok etdi.



