"Ertaklar yaxshilikka yetaklar'' mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 16- umumiy oʻrta taʼlim maktabining 3-sinf oʻquvchilari bilan "Ertaklar yaxshilikka yetaklar'' mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Avvalo o'quvchilarga yangi kutubxona to'g'risida ma'lumotlar berildi va "Uchar Gilam'' kitobidagi ertaklardan bolajonlarga soʻzlab berildi.Ertaklar nafaqat axloqiy tarbiya berishi balki fikrlashni o'stirishi ularni tinglagan bola yaxshilikka intilib, yomon ishlardan yiroq bo'lishi va to'g'ri yo'lni ko'rsatishi haqida bolajonlarga aytib o'tildi.Qolaversa oʻquvchilar o'zlari bilgan erkaklardan so'zlab berdilar. Davra suhbatida 20 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.


