"Ertaklar yaxshilikka chorlar" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Do'stlik tuman-axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 16-umumiy oʻrta ta'lim maktabining faol kitobxonlar va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Ertaklar yaxshilikka chorlar" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Ertaklar tasavvurni boyitadi, tarbiya vositasi sifatida insonni yaxshilikka chorlaydi, ertaklar bolalar ongida ezgulik va yovuzlik, to'g'rilikka yetaklaydi. Davra suhbatida davomida "Oq qovunning bolasi" nomli ertaklar to'plamidan eng qiziqarli ertaklarni aytib berildi. O'quvchilar o'z fikrlarini bir-birlari bilan boʻlishdilar. O'quvchilar bilgan ertaklarini tengdoshlariga aytib berishdi. Davra suhbatida 14 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.


