«Ertaklar olamiga sayohat» mavzusida qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 23-noyabr kuni 5-sonli DMTM tarbiyalanuvchilari ishtirokida Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi hamkorligida «Ertaklar olamiga sayohat» mavzusida qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.
✨Tadbirda bolajonlarga ertaklarning mazmuni, ularning tarbiyaviy ahamiyati, yaxshilik va yomonlik, do‘stlik va mehr-oqibat haqidagi tushunchalar sodda va qiziqarli tarzda yetkazildi. Shuningdek, ertaklar orqali bolalarda kitobxonlikka mehr uyg‘otish va tasavvur olamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Zero, ertaklar bolalarni ezgulikka chorlaydigan, qalbida mehr va yaxshilik urug‘ini uyg‘otadigan sehrli olamdir!


