"Ertak qahramonlarini gavdalantiramiz'' nomli tadbir qilindi.
Joriy yilning 1-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Ertak qahramonlarini gavdalantiramiz'' nomli tadbir qilindi. Tadbirdan maqsad yoshlar tasavvuridagi ertak qahramonlari qanday ekanligini bilish bo'lib, ularga rasmlar orqali ertak qahramonlari ifodalash aytildi. Kitobxon o'quvchilar zukkoligi sababli ajoyib ertaklar yozibdilar. Va ular bir-biriga yozgan ertaklarini o'qib berdilar va ular birgalikda har bir ertak haqida bahs munozalar tashkil qilishdi. Tadbir qiziqarli va mazmunli bo'ldi. Tabdirda 12 nafar kitobxon o'quvchilar qatnashdilar.


