“Eng yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 13-aprel sanasida Kitobxonlik haftaligi doirasida rejalashtirilgan kitobxonlar klubi a’zolarining eng faol ishtirokchilari o‘rtasida “Eng yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi.
Tanlov ikki bosqichda, ya’ni yopiq test va tezkor savol-javob shartlari asosida o‘tkazilib, ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Mazkur tanlovda jami 12 nafar yosh kitobxon ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi. Xususan, 1-o‘rin — O. Usmonova, 2-o‘rin — M. Nurullayeva, 3-o‘rin — D. Axmedova tomonidan qo‘lga kiritildi.
Tanlov g‘oliblariga Axborot-kutubxona markazining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.



