“Eng yaxshi aytilgan ertak” nomli tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 17-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida “Eng yaxshi aytilgan ertak” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
✨Tadbir davomida bolajonlarga o‘zbek va jahon xalq ertaklari, ularning mazmun-mohiyati hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Ekran orqali namoyish etilgan ertak kitoblari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🗞Tadbirning asosiy maqsadi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ertaklarga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning tasavvur olamini boyitish hamda og‘zaki nutq va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.


