“Dunyo mamlakatlari” nomli kitob taqdimoti tashkil etildi.
Joriy yilning 25-sentyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 10-, 8- va 6-9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari ustoz va murabbiylari ishtirokida “Dunyo mamlakatlari” nomli kitob taqdimoti tashkil etildi.
✅Tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda dunyo mamlakatlarining tarixi, geografik joylashuvi, madaniyati, urf-odatlari va o‘ziga xos jihatlari haqida berilgan ma’lumotlar to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.
🔴Taqdimot yakunida ustoz va murabbiylar kitob bilan yaqindan tanishib, uning mazmuni hamda ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitobxonlar doirasini kengaytirishga xizmat qildi.


