"Dolzarb 90 kun” tadbirlari va “Yoshlar oyligi” doirasida davra suhbati tashkil qilindi
Joriy yilning 9-iyun sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy o'rta ta'lim maktabining faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Dolzarb 90 kun” tadbirlari va “Yoshlar oyligi” doirasida davra suhbati tashkil qilinib, "Buvim aytgan ertaklar" shiori ostida "Och ko'z ko'ppak" nomli ertak kitob bolajonlarga sharhlab berildi.Tadbir davomida o'quvchilar o'zlari yoqtirgan ertaklardan ham parchalar aytib o'tishdi. Ushbu davra suhbatida 16 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.