Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazida “Kitoblar dunyosi” nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 23-may sanasida Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazida “Kitoblar dunyosi” nomli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonaning barcha bo‘limlari bilan yaqindan tanishtirildi. Bolalar adabiyoti, ertaklar, she’rlar hamda ilmiy adabiyotlar joylashgan javonlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, kitoblarni to‘g‘ri tanlash, ulardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash qoidalari haqida tushunchalar berildi. Yangi kelgan kitoblar haqida ham qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. O‘quvchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni varaqlab ko‘rib, katta qiziqish bilan tingladilar.
Sayohat davomida kutubxonadagi tinchlik, ozodalik va kitobxonlik madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur sayohat o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularda unutilmas taassurot qoldirdi.
