Do‘stlik tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 17-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📌Ko'rgazma davomida ishtirokchilar kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
✨Mazkur ko‘rgazma kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish va mutolaa orqali bilimlarni boyitishga xizmat qildi.



