Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazining o‘quv zali kitobsevarlar bilan gavjum
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazining o‘quv zali kitobsevarlar bilan gavjum. Bu yerga tashrif buyurgan kitobxonlar turli yosh toifalariga mansub bo‘lib, ularni yagona maqsad — kitob mutolaasi va ilmga chanqoqlik birlashtirib turibdi. Kimdir badiiy asarlar sahifasiga sho‘ng‘igan, yana kimdir ilmiy-adabiy manbalarni mutolaa qilib, o‘z bilim doirasini kengaytirmoqda.
Zalda hukm surayotgan sokin va ma’rifatga chorlovchi muhit har bir kitobxonni o‘qishga undaydi. Sahifalar shiviri, fikrlar teranligi va kitob hidiga qorishgan ushbu maskan go‘yo bilim va tafakkur maktabiga aylangandek. Bu manzara yurtimizda kitobxonlik madaniyati yuksalib borayotganining yorqin ifodasidir.



