Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi hamda “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilotining qo‘shma qarori ijrosi yuzasidan Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
⏺Tadbirda yoshlar va o‘rta avlod vakillari bilan bir qatorda bilimdon nuroniylar ham faol ishtirok etdilar.
⏺Bellashuvlar jadvaliga muvofiq, 11-iyun kuni Sanoatchilar, Mevazor hamda Bunyodkor MFY jamoalari o‘zaro bahslashib, bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sanoatchilar MFY jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, final bosqichiga yo‘llanma oldi.
⭐️“Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi 12-iyun kuni soat 10:00 da Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadi.
📔Barcha bilimdonlar va muxlislarni final bahslariga taklif etamiz!



