Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar safi kengaymoqda!
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar safi kengaymoqda!
📚So‘nggi kunlarda markazimizga yangi kitobxonlar tashrif buyurib, zamonaviy elektron o‘quv zalimiz imkoniyatlaridan faol foydalanmoqda. Ayniqsa, elektron resurslar orqali taqdim etilayotgan yangi adabiyotlar kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
💻Elektron o‘quv zalida foydalanuvchilar dunyoning yetakchi ma’lumotlar bazalari, zamonaviy ilmiy-ommabop nashrlar hamda turli yo‘nalishdagi yangi adabiyotlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. AKT mutaxassislari tomonidan ularga elektron platformalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy yordam va tushuntirishlar berilmoqda.
🟣Mazkur imkoniyatlar kitobxonlarning bilim doirasini kengaytirish, mustaqil izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy axborot makonida faol bo‘lishlariga xizmat qilmoqda.


