Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bolaligim — poshsholigim" nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 5-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bolaligim — poshsholigim" nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada bolalar uchun moʻljallangan eng qiziqarli, mazmunli va sara adabiyotlar namoyish etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh kitobxonlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashishdan iborat boʻldi.
Koʻrgazmadan bolalar adabiyoti, ertaklar, sarguzasht asarlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi 35 dan ortiq kitob oʻrin oldi. Ishtirokchilar koʻrgazma davomida oʻzlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, mutolaa uchun tavsiyalar oldilar.
Tadbir kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, ko‘tarinki ruhda oʻtkazildi.


