Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida mahalla yoshlari va faollarining intellektual salohiyatini oshirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 9-iyun sanasida Do‘stlik tumani Mahallalar uyushmasi hamda Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida mahalla yoshlari va faollarining intellektual salohiyatini oshirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🔖Mazkur bellashuvda Chinobod, Alisher Navoiy, Navro‘z va Manas mahalla fuqarolar yig‘inlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro bilim va mantiqiy fikrlash borasida kuch sinashdilar. Ishtirokchilar tarix, adabiyot, madaniyat, fan va mantiqiy savollardan iborat qiziqarli shartlar asosida bahslashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
📌Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi eng yuqori natijani qayd etib, musobaqa g‘olibiga aylandi hamda tuman bosqichi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jamoa final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritib, o‘zining bilimdon va intellektual salohiyatga ega ekanligini yana bir bor namoyish etdi.



