Doʻstlik tuman axborot kutubxona markazi "21 QADAM" sovrinli loyihasiga start beradi.
Doʻstlik tuman axborot kutubxona markazi "21 QADAM" sovrinli loyihasiga start beradi. Loyiha ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqich interaktiv kitob video targʻiboti boʻlib, oʻzingiz yoqtirgan biror asarni oʻzingiz sharhlagan holda videoga olib bizga yuborasiz. Siz tayyorlagan video 5 daqiqadan oshmasligi lozim
Eng yaxshi sharhlagan video egalarining, 3 nafari hakamlar tomonidan tanlab olinadi va keyingi final bosqichiga oʻtkaziladi. Final bosqichida 3 nafar ishtirokchi 21 shartli savollar asosida oʻzaro bellashadi. Eng yuqori ballni toʻplagan ishtirokchi gʻolib deb topiladi va qimmatbaho sovgʻalar diplom bilan taqdirlanadi.
Oʻz bilimingizni va mahoratingizni namoyon eting va gʻoliblikni qoʻlga kiriting.!
Birinchi bosqich saralash uchun videolar 21-iyunga qadar qabul qilinadi.
Murojat uchun tel: +998992859507 Oʻtkirbek Narbayev +998941948437 Munira Raximova