Chinobod MFYda yashovchi yosh kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 17-yanvar sanasida Doʻstlik tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan Chinobod MFYda yashovchi yosh kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda Quddus Muhammadiyning "Dunyoda nima kuchli" kitobiga sharh berilib, asar mazmun mohiyati bolajonlarga toʻliq bayon etildi. Ushbu kitobdagi she'rlar sodda, ravon va eng asosiysi bolalar qiziquvchanligi, topqirligi, shox-shodon dunyosini aks ettirishi bilan intiluvchan bo'lishiga chorlashi tushuntirib o'tildi. Yosh kitobxonlar o'zlari o'qigan ertak kitoblardan ham so'zlab berdilar va o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.



