Chinobod MFY hududidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 28-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Chinobod MFY hududidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga uslubiy yordam ko‘rsatildi.
✅Tashrif davomida kutubxona ishini samarali tashkil etish, kitob fondidan to‘g‘ri foydalanish hamda o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, kutubxonada yuritiladigan hujjatlarning to`gri yuritilishi,kutubxonada o‘tkaziladigan tadbirlarni mazmunli tashkil etish, kitob ko‘rgazmalarini zamonaviy yondashuv asosida bezash yuzasidan tushunchalar berildi.

