Chinobod MFY hududida joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 28-aprel sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Chinobod MFY hududida joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga uslubiy yordam ko‘rsatildi.
✅ Tashrif davomida kutubxonadagi mavjud muammolar va kamchiliklar o‘rganildi. Kutubxona ishini samarali tashkil etish, kitob fondidan to‘g‘ri foydalanish hamda o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
✅ Shuningdek, kutubxonada yuritiladigan hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, o‘tkaziladigan tadbirlarni mazmunli tashkil etish, kitob ko‘rgazmalarini zamonaviy yondashuv asosida bezash hamda o‘quvchilar bilan ishlashning samarali usullari yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.
✅ Yakunda kutubxonachi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan kelgusidagi ishlar rejalashtirib olindi.
